Mexanika va matematik modellashtirish
Bakalavr
Qabul mudati: 5 Iyun - 25 Iyun 2026
Andijon viloyati
Yo'nalish haqida
Mexanika va matematik modellashtirish — bu fan murakkab tizimlarning harakatini, fizik jarayonlarni va ularning o‘zaro ta’sirini chuqur tushunish, tahlil qilish va prognozlashga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda talabalar matematik modellar yaratish, ularni kompyuter yordamida simulyatsiya qilish va real jarayonlarni raqamli usullar orqali aniqlik bilan o‘rganish ko‘nikmalarini egallaydilar.
Mexanika va matematik modellashtirish bakalavrini bitirgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Ilmiy xodim – ilmiy-tadqiqot institutlarida fizik va muhandislik modellarini tadqiq qilish.
- Muhandislik hisob-kitob mutaxassisi – texnik loyihalarni yaratish va tahlil qilish.
- Simulyatsiya va modellashtirish mutaxassisi – fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish.
- Ma’lumotlar tahlilchisi – eksperimental va texnik ma’lumotlarni tahlil qilish.
- Texnik loyihalar bo‘yicha maslahatchi – sanoat va ishlab chiqarish loyihalarida ishlash.
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Fizika, Matematika
Ta’lim tili: O‘zbek tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 7 400 000 so'm / yillik
