Mineral o‘g‘itlar kimyoviy texnologiyasi (Magistratura)
D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali
Magistr
Qabul mudati: 15 Iyun - 15 Avgust 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Mineral o‘g‘itlar kimyoviy texnologiyasi magistratura dasturi mineral o‘g‘itlar va agrokimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan. Dastur magistrantlarga innovatsion ishlab chiqarish usullari, kimyoviy jarayonlarni modellashtirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, mahsulot sifatini boshqarish hamda ekologik xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha ilg‘or bilim va amaliy ko‘nikmalarni beradi.
Ta'lim jarayonida mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologiyalari, kimyoviy jarayonlarni optimallashtirish, ilmiy tadqiqot metodologiyasi, zamonaviy laboratoriya usullari, sifat menejmenti, ekologik muhofaza va innovatsion kimyoviy texnologiyalar o‘rganiladi.
Bitiruvchilar quyidagi sohalarda faoliyat yuritishi mumkin:
- Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda yetakchi muhandis va texnolog.
- Kimyo va agrokimyo sanoati korxonalarida ilmiy xodim.
- Ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalarda tadqiqotchi.
- Oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlarda pedagog hamda tadqiqotchi.
- Mahsulot sifati va texnologik jarayonlarni boshqarish bo‘yicha mutaxassis.
- Ekologik xavfsizlik va ishlab chiqarish samaradorligi bo‘yicha ekspert.
Va boshqa mos keluvchi lavozimlarda faoliyat yuritishi mumkin.
Qabul imtihoni: Mutaxassislik fanidan og‘zaki suhbat. Minimal o‘tish bali: 60 ball
Ta'lim tili: Rus tili
Ta'lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- Rus
- Kunduzgi - Rus tili
- 25 000 000 so'm / yillik
