Moliya va moliyaviy texnologiyalar

Yangi Asr Universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 30 Sentabr 2024

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Moliya va moliyaviy texnologiyalar - “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yo‘nalishi talabalarga moliya sohasida chuqur bilim beradi, shuningdek, moliya sohasida qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtiradi. O’qish davomida talabalar moliyaviy tahlil, investitsiyalarni boshqarish usullarini o'rganadilar, shuningdek, moliyaviy vositalar va texnologik yechimlar bilan ishlash ko'nikmalarini egallaydilar. Moliya va moliyaviy texnologiyalar mutaxassisliklari bo'yicha bitiruvchilar faoliyatini korporativ moliya, investitsiyalar, moliyaviy tahlil kabi turli sohalarda va moliyaviy-texnologiyaviy startaplarda davom ettirishlari mumkin. Ular moliyaviy konsalting kompaniyalarida ishlash, moliyaviy dasturlarni ishlab chiqish va moliyaviy jarayonlarga innovatsion texnologiyalarni joriy etish bilan shug'ullanishlari mumkin. Moliya sohasi, ayniqsa, yangi texnologiyalarni joriy etilayotganini hisobga olgan holda doimiy ravishda rivojlanib bormoqda. Bu talabalarga dinamik va istiqbolli sohada ishlash imkoniyatini beradi. Ushbu yo'nalishda ta’lim olish moliyaviy menejment, shuningdek, moliyaviy texnologiyalar, jumladan, blokcheyn, sun'iy intellekt va raqamli to'lovlar bo'yicha maxsus ko'nikmalarga ega bo’lishga imkon beradi.


Imtihon bloklari:

Matematika

Ingliz tili


O'qish davomiyligi : 

Kunduzgi ta'lim shakli uchun : 4 yil

Kechki ta'lim shakli uchun : 4,5 yil

Sirtqi ta'lim shakli uchun : 5 yil 

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili
Kunduzgi
19 000 000 so'm / yillik
Sirtqi
15 000 000 so'm / yillik
Kechki
17 000 000 so'm / yillik
;