
Yangi Asr Universiteti
Xususiy universitet
Toshkent shahri
0.0
(0 Izohlar)
Qabul muddati
1 Iyun 2026 - 30 Sentabr 2026
OTM litsenziyasi
OTM haqida
Universitet haqida : Yangi Asr Universiteti
Yangi Asr Universiteti 2021-yilda tashkil etilgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 279705-sonli litsenziyaga ega bo'lgan nodavlat oliy ta'lim muassasasidir. Universitetimiz yoshlar uchun zamonaviy va innovatsion ta'lim olish imkoniyatini taqdim etadi, bu esa talabalarga ilmiy, axloqiy va amaliy jihatlarini rivojlantirishda yordam beradi.
Universitetda mavjud ta'lim yo'nalishlari:
1. Bakalavriat:
- Psixologiya
- Pedagogika
- Maxsus pedagogika:Logopediya
- Maktabgacha ta'lim
- Boshlang‘ich ta'lim
- Dizayn: Interyerlarni loyihalash
- Dizayn: Liboslar dizayni
- Tarix (Sharq mamlakatlari va mintaqalari bo‘yicha)
- Filologiya va tillarni o‘qitish (arab, ingliz, o‘zbek, rus, xitoy tillari)
- Iqtisodiyot
- Buxgalteriya hisobi
- Soliqlar va Soliqqa tortish
- Moliya va Moliyaviy texnologiyalar
- Dasturiy injiniring
- Matematika
2. Magistratura:
- Pedagogika nazariyasi va tarixi
- Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'limda)
- Ta'limda axborot texnologiyalari
- Tarix
- Lingvistika (arab va ingliz tillari bo‘yicha)
Universitetning afzalliklari:
- Zamonaviy infratuzilma: Universitet zamonaviy o‘quv xonalari, laboratoriya xonalari, kutubxona va sport zallariga ega.
- Diplomning tan olinishi: Yangi Asr Universiteti diplomi davlat universitetlari diplomi bilan teng huquqiy kuchga ega va respublika bo‘ylab tan olinadi.
- O'qish shakllari: Kunduzgi va kechki shakllarida o'qish imkoniyati mavjud.
Manzil: Universitetimiz Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan bo‘lib, barcha qulayliklarga ega.
Qabul kvotasi: Yangi asr universitetining 2024-2025-o’quv yili uchun kvotasi 2500 ta etib belgilangan!
Yangi Asr Universiteti — bu ta’lim, tajriba va tarbiya maskani bo‘lib, talabalarning kelajagini yaratishga ko‘mak beradi.
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Galereya
Aloqa
- Toshkent shahar, Chilonzor tumani, So'galli ota ko'chasi 5-uy
Izohlar

Izohlar mavjud emas









Izohlar
Izohlar mavjud emas