Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2025
Navoiy viloyati
Yo'nalish haqida
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Mazkur yo‘nalish sizni moliya sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lishingiz uchun zarur bo‘lgan muhim nazariy va amaliy bilimlar bilan ta’minlaydi. Bugungi kunda moliyaviy savodxonlik nafaqat moliya va iqtisodiyotga oid kasblarda, balki yuqori daromadli va mas’uliyatli lavozimlar uchun ham asosiy talablar qatoriga kiradi. Bu yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar nafaqat moliya sohasining fundamental asoslarini o‘zlashtiradi, balki zamonaviy ish bozori talablariga mos ravishda yetakchilik, boshqaruv va samarali muloqot yuritish ko‘nikmalarini ham egallashadi.
Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo‘nalishi “Biznes, boshqaruv va huquq” bilim sohasiga kiruvchi “Biznes va boshqaruv” ta’lim yo‘nalishi tarkibiga kiradi. U keng qamrovli moliyaviy munosabatlar tizimini o‘rgatadi. Jumladan: davlat moliyasi, turli korxona va tashkilotlar moliyasi, xonadonlar (uy xo‘jaliklari) darajasidagi moliyaviy boshqaruv, davlat byudjeti va byudjetdan moliyalashtirish, moliya bozorlari va ulardagi amaliyotlar, risklarni boshqarish, aksiyadorlik jamiyatlari va holdinglar moliyasi, MChJlar, qo‘shma korxonalar, korporativ tuzilmalar va qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq moliyaviy jarayonlarni tashkil qilish, o‘zaro hisob-kitob tizimlarini yuritish va moliyaviy resurslar harakatini boshqarish kabi murakkab, ammo dolzarb yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
Mazkur mutaxassislikni muvaffaqiyatli tamomlagan kadrlar turli davlat va xususiy sektor tashkilotlarida quyidagi lavozimlarda faoliyat yuritishlari mumkin:
— Moliyachi-analitik
— Investitsiya bo‘yicha mutaxassis
— Bank xodimi (kredit bo‘limi, risk menejeri, mijozlar bilan ishlovchi mutaxassis va boshqalar)
— Sug‘urta kompaniyalarida moliyaviy maslahatchi
— Byudjet tashkilotlarida moliyaviy rejalashtirish mutaxassisi
— Buxgalter yoki ichki auditor
— Korporativ moliya bo‘yicha menejer
— Qimmatli qog‘ozlar bozori bo‘yicha treyder yoki broker
— Moliyaviy texnologiyalar (fintech) kompaniyalarida raqamli to‘lov tizimlari bo‘yicha ekspert
— Startaplar va innovatsion loyihalarda moliyaviy strateg kabilar
Test sinovlari: Matematika va ingliz tili fanlaridan hamda mantiq (IQ) testlardan iborat bo‘ladi.
O‘qish muddati: 4 yil davom etadi.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi
- 17 000 000 so'm / yillik
