Moliyaviy Iqtisodiyot va Investitsiyalar
G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti
Magistr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Avgust 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Moliyaviy Iqtisodiyot va Investitsiyalar — bu moliyaviy tizimlar, investitsiya loyihalari va korporativ moliya jarayonlarini chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan magistratura yo‘nalishi. Ushbu soha moliyaviy bozorlarda ishlash, investitsion qarorlarni tahlil qilish, kapitalni boshqarish, moliyaviy risklarni baholash va korporativ strategiyalarni ishlab chiqish kabi jarayonlarni o‘rgatadi.
Shuningdek, bu yo‘nalish makro va mikroiqtisodiy tahlil, portfel boshqaruvi, moliyaviy modellash va ilg‘or investitsion strategiyalarni o‘rganish imkonini beradi.
Moliyaviy Iqtisodiyot va Investitsiyalar magistratura bitiruvchilari quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Moliyaviy menejer – korxona va tashkilotlarda moliyaviy resurslarni boshqarish, strategik moliyaviy rejalashtirish va byudjet nazorati.
- Investitsiya bo‘yicha mutaxassis – investitsiya loyihalarini baholash, sarmoyalarni jalb qilish va portfelni boshqarish.
- Moliyaviy tahlilchi– moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish, investitsiya va biznes-rejalarni baholash.
- Risk-menejer – moliyaviy risklarni aniqlash, baholash va kamaytirish strategiyalarini ishlab chiqish.
- Portfel menejeri– investitsiya portfellarini boshqarish va diversifikatsiya qilish.
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Matematika, Ingliz tili
Ta’lim tili: Rus tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim muddati: 2 yil
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- Rus
- Kunduzgi - Rus tili
- 38 700 000 so'm / yillik
