Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha)
Bakalavr
Qabul mudati: 5 Iyun - 25 Iyun 2026
Andijon viloyati
Yo'nalish haqida
Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha) — bu yo‘nalish qayta tiklanuvchi va ekologik toza energiya manbalarini o‘rganish, ulardan samarali foydalanish hamda zamonaviy texnologiyalar asosida energiya ishlab chiqarish tizimlarini loyihalashga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda talabalar quyosh, shamol, gidro, biomassa va boshqa muqobil energiya manbalarining ishlash prinsiplari, energiya qurilmalarini hisoblash, loyihalash va ekspluatatsiya qilish ko‘nikmalarini egallaydilar.
Muqobil energiya manbalari bakalavrini bitirgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Quyosh energetikasi muhandisi – quyosh panellari va issiqlik kollektorlarini loyihalash va joriy etish.
- Shamol energetikasi mutaxassisi – shamol turbinalarini hisoblash va ekspluatatsiya qilish.
- Gidroenergetika muhandisi – kichik va o‘rta GES loyihalarida ishlash.
- Energiya samaradorligi bo‘yicha mutaxassis – energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish.
- Loyihalash va texnik nazorat muhandisi – sanoat va energetika obyektlarida faoliyat yuritish.
- Ilmiy xodim – qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish.
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Fizika, Matematika
Ta’lim tili: O‘zbek tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 7 400 000 so'm / yillik
