Mentalaba - <!-- -->O‘zbek tili va adabiyoti | Mentalaba

O‘zbek tili va adabiyoti

Fan va texnologiyalar universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Ona tili va adabiyoti – bu milliy o‘zlik, madaniyat va tafakkur asoslarini chuqur o‘rganish imkonini beruvchi muhim yo‘nalishdir. Til – bu xalq qalbining ifodasi, adabiyot esa uning tarixiy xotirasi. Bugungi kunda ona tilini chuqur biladigan va yosh avlodga to‘g‘ri yetkazadigan malakali mutaxassislarga ehtiyoj ortib bormoqda.


Talabalar fonetika, leksikologiya, sintaksis, adabiy tanqid, she’riyat, nasr, dramaturgiya kabi fanlarni o‘rganadilar. Ular shuningdek, tilshunoslik va adabiyotshunoslikda ilmiy tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini ham egallaydilar.


Bitiruvchilar umumiy o‘rta ta’lim maktablari, litsey va kollejlar, nashriyotlar, OAV, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda madaniyat muassasalarida faoliyat yurita oladilar. Agar siz til va so‘z qudratiga ishonadigan, milliy qadriyatlarni yosh avlodga yetkazishni istaydigan bo‘lsangiz – bu yo‘nalish aynan siz uchun!

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek, Rus
Kunduzgi - O'zbek tili
18 480 000 so'm / yillik
Kunduzgi - Rus tili
18 480 000 so'm / yillik
Kechki - O'zbek tili
14 800 000 so'm / yillik
Kechki - Rus tili
14 800 000 so'm / yillik
;