Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)
Bakalavr
Qabul mudati: 5 Iyun - 25 Iyun 2026
Andijon viloyati
Yo'nalish haqida
Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) — bu yo‘nalish oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va sifatini nazorat qilish jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar asosida o‘rganishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda talabalar turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini (sut va sut mahsulotlari, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, don va non mahsulotlari, qandolat, konservalar va boshqalar) ishlab chiqarish texnologiyasi, ularning tarkibi, xavfsizligi hamda standartlarga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Oziq-ovqat texnologiyasi bakalavrini bitirgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Texnolog-muhandis – oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish va nazorat qilish.
- Sifat nazorati mutaxassisi – mahsulot sifatini tekshirish va standartlarga muvofiqligini ta’minlash.
- Laboratoriya mutaxassisi – xomashyo va tayyor mahsulotlarni tahlil qilish.
- Ishlab chiqarish bo‘yicha muhandis – korxonalarda texnologik jarayonlarni boshqarish.
- Standartlashtirish va sertifikatlashtirish mutaxassisi – mahsulotlarni sertifikatlash va me’yoriy hujjatlar bilan ishlash.
- Ilmiy xodim – oziq-ovqat texnologiyasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Kimyo, Biologiya
Ta’lim tili: O‘zbek tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 7 400 000 so'm / yillik
