Pedagogika

Yangi Asr Universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 30 Sentabr 2024

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Pedagogika  — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Ped. institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham pedagog deb yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy pedagog bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublikasida Pedagoglarga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi.

Pedagog tarbiya jarayonining qonuniyatlari, tarkibi va uni tashkil etish mexanizmlarini tadqiq etadi, tarbiyaviy va oʻquv ishlarining mazmuni, tamoyillari, ularni tashkil etish shakl, usul hamda yoʻsinlarini belgilab beradi.


Imtihon bloki: Tarix, ona tili va adabiyot



O'qish davomiyligi :

Kunduzgi ta'lim shakli uchun : 4 yil

Kechki ta'lim shakli uchun : 4,5 yil

Sirtqi ta'lim shakli uchun : 5 yil



Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili
Kunduzgi
18 000 000 so'm / yillik
Sirtqi
14 000 000 so'm / yillik
Kechki
16 000 000 so'm / yillik
;