Psixologiya: oila psixologiyasi
Bakalavr
Qabul mudati: 5 Iyun - 25 Iyun 2026
Andijon viloyati
Yo'nalish haqida
Psixologiya: Oila psixologiyasi — bu psixologiya fanining ijtimoiy va oilaviy munosabatlarga qaratilgan yo‘nalishi bo‘lib, oilaviy hayotdagi psixologik jarayonlarni, oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni, konfliktlarni boshqarish va oilaviy farovonlikni ta’minlash usullarini o‘rganadi. Ushbu yo‘nalish analitik tafakkur, empatiya, muloqot va mas’uliyatni rivojlantiradi hamda murakkab psixologik vaziyatlarni baholash va yechish qobiliyatini shakllantiradi. O‘quv jarayonida talabalar oilaviy konsultatsiya, psixodiagnostika, intervensiya va terapiya usullarini o‘rganadilar. Bu esa bitiruvchilarga psixologik, ijtimoiy va pedagogik sohalarda samarali faoliyat yuritish imkonini beradi.
Oila psixologiyasi yo‘nalishi bitiruvchilari quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Oila psixologi / Konsultant – oilaviy markazlar va psixologik xizmat ko‘rsatish muassasalarida.
- Psixologik maslahatchi – maktablar, kollejlar va o‘quv markazlarida.
- Ilmiy xodim / Tadqiqotchi – psixologiya va ijtimoiy tadqiqot institutlarida.
- Psixoterapevt – oilaviy va ijtimoiy muammolar bo‘yicha terapiya markazlarida.
- Pedagog-psixolog – ta’lim muassasalarida psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha.
- Sotsiologik va psixologik tadqiqot mutaxassisi – ijtimoiy va ilmiy loyihalarda.
Va boshqa mos kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Biologiya, Ona tili va adabiyoti
Ta’lim tili: O‘zbek
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 7 400 000 so'm / yillik
