Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)
Toshkent davlat agrar universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 5 Iyun - 25 Iyun 2025
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shu jumladan, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish orqali ishlab chiqaruvchi (fermer xo‘jaligi) uchun qo‘shimcha barqaror daromad manbai yaratiladi. Mahsulotni qayta ishlash orqali unga qo‘shimcha qiymat qo‘shiladi, ya’ni mahsulotning qiymati ortib boradi.
Mahsulotni qayta ishlash darajasi turlicha, ya’ni dastlabki qayta ishlash yoki chuqur qayta ishlash bo‘lishi mumkin. Dastlabki qayta ishlashga quritish kabi oddiy amaliyotlar kirsa, chuqur qayta ishlash mahsulotga bir necha bosqichlarda ishlov berish, ya’ni konsyervatsiya qilish, sharbat olish, qadoqlash kabi amaliyotlarni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi
- 7 400 000 so'm / yillik
