Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha)
Toshkent farmatsevtika instituti
Bakalavr
Qabul mudati: 25 Iyun 2024
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Farmatsiya (yunoncha: pharmakeia — dori; dori ishlatish) — dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish boʻyicha izlanishlar, tadqiqotlar, shuningdek, ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, sifatini nazorat qilish, standartlash usullari, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, saqlash, ular haqida axborot berish, dorixona va davolash muassasalariga yetkazib berish va sotish kabi vazifalarni oʻz ichiga oladigan ilmiy-amaliy faoliyatlar majmui. 18-asrga kelib F. fan sifatida shakllandi. F. farmakologiya bilan birga dorivor moddalar haqidagi fanni tashkil etadi. F.ga farmatsevtik kimyo, dori turlari va dorivor preparatlar texnologiyasi, farmakognoziya, F.ni tashkil etish va uning iqtisodiy, sud kimyosi kabi ixtisoslik fanlari kiradi. Dorilar taʼsiri, dori turlari, ularni qabul qilish usullari, tayyorlash texnologiyasi va boshqa omillar taʼsirini F.ning bioformatsiya yoʻnalishi oʻrganadi.
Imtihon bloki: Kimyo, biologiya
Ta'lim tili: o'zbek
Kunduzgi ta'lim: 15 344 490 so'm
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili, Rus tili
- Kunduzgi
- 15 344 490 so'm / yillik