Sport faoliyati: voleybol
Bakalavr
Qabul mudati: 5 Iyun - 25 Iyun 2026
Andijon viloyati
Yo'nalish haqida
Sport faoliyati: Voleybol — bu ijtimoiy-gumanitar va sog‘liqni saqlash sohasiga kiruvchi yo‘nalish bo‘lib, u voleybol mashg‘ulotlari, jismoniy tayyorgarlik, texnika va taktika, jamoaviy o‘yin strategiyalari, sportchilar salomatligi va ularning sport salohiyatini rivojlantirish jarayonlarini o‘rganadi.
Ushbu yo‘nalish maxsus voleybol tayyorgarligi, sport psixologiyasi, fiziologiya, biomexanika, sport ovqatlanishi, jarohatlarni oldini olish hamda sog‘lom turmush madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.
Voleybol yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Voleybol murabbiyi — jamoa yoki individual sportchilarni tayyorlash.
- Voleybolchi / Sportchi — professional yoki yarim professional sport faoliyati.
- Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi — maktab, litsey va kollejda dars berish.
- Sport salomatligi bo‘yicha mutaxassis — sportchilar salomatligini nazorat qilish va jarohatlarni oldini olish.
- Fitness-trener / Shaxsiy murabbiy — sport zalida yoki individual mashg‘ulotlarda ishlash.
- Sport tadbirlarini tashkilotchisi / Menejer — musobaqalar, turnirlar va sport tadbirlarini rejalashtirish va boshqarish.
- Sport psixologi — sportchilarning ruhiy tayyorgarligi, motivatsiyasi va natijadorligini oshirish bilan shug‘ullanish.
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Kasbiy ijodiy imtihon
Ta’lim tili: O‘zbek tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 7 400 000 so'm / yillik
