Stomatologiya
IMPULS tibbiyot instituti (Chirchiq kampusi)
Bakalavr
Qabul mudati: 1 May - 31 Oktabr 2026
Toshkent viloyati
Yo'nalish haqida
Stomatologiya — bu sog‘liqni saqlash sohasida og‘iz bo‘shlig‘i, tishlar va jag‘-yuz tizimi kasalliklarini aniqlash, davolash va oldini olish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatadigan ta’lim yo‘nalishidir. Ushbu soha talabalarini stomatologik diagnostika, terapevtik va jarrohlik usullar, ortopediya, ortodontiya, bolalar stomatologiyasi hamda tibbiy etikaga rioya qilishga tayyorlaydi.
Dastur stomatologiya amaliyotining barcha asosiy yo‘nalishlarini, jumladan, kasalliklarni tashxislash, davolash, profilaktika qilish, protezlash va jag‘-yuz tizimi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishni o‘rganishni maqsad qiladi.
Stomatologiya bakalavriat dasturini tamomlagan mutaxassislar quyidagi kasblarda faoliyat yuritishi mumkin:
- Shifokor-stomatolog (umumiy amaliyot) — tish va og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolash.
- Stomatolog-terapevt — tishlarning kariyes va boshqa kasalliklarini davolash.
- Stomatolog-jarroh — tishlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash va olib tashlash.
- Stomatolog-ortoped — tish protezlari va ortopedik konstruksiyalar bilan ishlash.
- Stomatolog-ortodont — tish va jag‘ qiyshayishlarini tuzatish.
- Bolalar stomatologi — bolalarda uchraydigan stomatologik kasalliklarni davolash.
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Kimyo, Biologiya
Ta’lim tili: O‘zbek tili, Rus tili, Ingliz tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta'lim muddati: 5 yil
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 36 000 000 so'm / yillik
