
IMPULS tibbiyot instituti (Chirchiq kampusi)
Xususiy universitet
Toshkent viloyati
0.0
(0 Izohlar)
Qabul muddati
1 May 2026 - 31 Oktabr 2026
OTM litsenziyasi
OTM haqida
Klinikadan Ta’lim Maskaniga
2018-yilda Namangan viloyatining Norin tumanida Impuls ko‘p tarmoqli xususiy klinikasi tashkil etilgan edi. Klinikaga asos solishdagi asosiy maqsad — bemorlarga yuqori sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘lgan.
Ammo qisqa vaqt ichida dunyoni qamrab olgan COVID-19 pandemiyasi barcha sog‘liqni saqlash tizimlari uchun chuqur sinov bo‘ldi. Klinikadagi shifokorlar pandemiya sharoitida bemorlarga yordam berishga intilgan bo‘lsalar-da, resurslar yetishmovchiligi va malakali kadrlar tanqisligi bu jarayonni murakkablashtirdi.
Pandemiya paytida yuzaga kelgan bu muammolar barcha tibbiyot muassasalari uchun umumiy bo‘lishi, shuningdek malakali shifokorlar yetishmovchiligi — tizimli vazifa ekanligi ayon bo‘ldi. Shu sababli Impuls klinikasi rahbariyati sog‘liqni saqlashning kelajakdagi barqaror rivojlanishi uchun malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash lozim degan qarorga keldi.
Institutni Barpo Etish G‘oyasi
2019-yilda shifokorlar yetishmovchiligi muammosini hal etish maqsadida o‘z tibbiyot institutini ochish g‘oyasi shakllandi. Bu tashabbus asosida dunyoning ilg‘or ta’lim tizimlari o‘rganildi — jumladan Yevropa, Osiyo va Amerika mamlakatlaridagi tibbiyot ta’limi va sog‘liqni saqlash tizimlari tajribasi tahlil qilindi.
O‘rganishlar natijasida institut ta’limi AQShning USMLE(United states medical licensing examination-AQSH tibbiy litsenziya imtoxoni) standartlariga mos keladigan tizim bo‘lishi maqsad qilindi. Shu maqsadda malakali mutaxassislar jalb qilindi va uzoq yillik tayyorgarlik ishlari boshlandi.
Institutning Rasmiy Ochilishi
Bir necha yillik sa’y-harakatlar natijasida 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan №047559 sonli litsenziya asosida Namangan viloyatida xususiy Oliy ta’lim tashkiloti— Impuls Tibbiyot Instituti rasmiy ochildi. Bu institut mintaqadagi birinchi va yagona xususiy tibbiyot oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat boshladi.
Institut zamonaviy tibbiy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, talabalarga chuqur nazariy bilim bilan birga amaliy ko‘nikmalar berishni maqsad qilgan. Bugungi kunda institutning Namangan va Chirchiq shaharlardagi filiallari mavjud boʻlib, u yerda 3 ta: Davolash ishi, Stomatologiya va Pediatriya ishi yoʻmalishlarida 2 mingga yaqin talabalar ta’lim olishmoqda. Ta’lim tizimi yetuk mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan boʻlib, xalqaro standartlarga moslashtirish yo‘lida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Talabalar turar joyi (Impuls Tibbiyot Instituti, Chirchiq filiali)
Hozirda Impuls Tibbiyot Instituti, Chirchiq filiali talabalar turar joyi qurilish bosqichida bo‘lib, talabalar vaqtincha Oʻzbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya Instituti yotoqxonasidan foydalanmoqda. Talabalar turar joyi faoliyatiga oid asosiy hujjat – “Talabalar turar joyi” to‘g‘risidagi NIZOM hisoblanadi. Ushbu hujjat Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy hujjatlari asosida ishlab chiqilgan. Talabalar turar joyi universitet ichki tartib-qoidalari, TTJ “Talabalar Kengashi” ish rejasi asosida faoliyat yuritadi. Hozirda TTJ joriy ta’mirlash va qurilish ishlarini davom ettirmoqda. Barcha xonalar zamonaviy jihozlar (ko‘rpa-to‘shak, mebel) bilan ta’minlangan. Yotoqxonada sanitariya holati yaxshi, yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilinadi.
Oshxona, hojatxona, yuvinish xonasi va dush har bir qavatda mavjud. Har bir qavatda televizorlar o‘rnatilgan. Talabalar turar joyida yashovchi talabalar vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tadi. Buning uchun talaba yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Prorektor tasdiqlagandan so‘ng, pasportistka talabalarning vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlaydi. TTJda talabalar o‘z-o‘zini boshqaruvini tashkil etish maqsadida “Talabalar Kengashi” faoliyat yuritadi. Yig‘ilishlarda talabalar turar joyidagi shart-sharoitlar, ichki tartib-intizom, navbatchilik va turli bayramlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilinadi. Har bir qavatda “Qavat sardorlari” mavjud. Talabalar turar joyida tarbiyaviy ishlarga fakultet dekanlari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar va murabbiylar jalb etilgan. Talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun sport zalida turli sport to‘garaklari faoliyat yuritadi. Shuningdek, til to‘garagi, kompyuter savodxonligi, pazandachilik, uy hamshiraligi va badiiy havaskorlik kabi to‘garaklar tashkil etildi.
GRANT VA CHEGIRMALAR
Impuls tibbiyot instituti iqtidorli, bilimli va faol talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida grant va turli imtiyozlar tizimini joriy etgan. Mazkur tizim talabalarning akademik muvaffaqiyatlarini rag‘batlantirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Akademik grantlar
Institutda har bir semestr yakunida talabalar bilimini baholash natijalariga ko‘ra grant ajratish imtihonlari o‘tkaziladi.
Har bir semestr yakunida umumiy talabalar kontingentining 10 foizigacha bo‘lgan eng yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega talabalar 100 foizlik grant bilan taqdirlanadi.
Grantlar faqat akademik reyting, fanlardan o‘zlashtirish darajasi va intizomiy holatlar asosida belgilanadi.
Grant ajratish jarayoni maxsus ishchi komissiya tomonidan shaffof va adolatli tarzda amalga oshiriladi.
Kontrakt to‘lovlari bo‘yicha chegirmalar:
Talabalarga quyidagi hollarda kontrakt to‘lovlariga chegirmalar berilishi mumkin:
- Kirish imtihonlarida yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlarga;
- O‘qish davomida akademik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan talabalarga;
- Institut hayotida faol ishtirok etayotgan iqtidorli talabalarga;
Tayyorlov kurslari bitiruvchilari uchun belgilangan tartibda.
Chegirmalar miqdori 10 %, 20 %, 30 %, 40 % va 50 % gacha bo‘lishi mumkin va tegishli buyruqlar asosida rasmiylashtiriladi.
Ijtimoiy imtiyozlar:
Institut tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun quyidagi imtiyozlar ko‘zda tutilgan:
- Boquvchisini yo‘qotgan talabalar;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- Kam ta’minlangan oilalar farzandlari;
- Yolg‘iz ota-ona farzandlari.
Mazkur toifadagi talabalar uchun masala individual tartibda, hujjatlar asosida va institut komissiyalari xulosasiga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Xalqaro imkoniyatlar va rag‘batlantirish
Xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va ilmiy anjumanlarda g‘olib bo‘lgan talabalar rag‘batlantiriladi;
Xorijiy stajirovkalar va tajriba almashinuv dasturlarida ishtirok etish imkoniyati yaratiladi;
Faol va iqtidorli talabalar institut tomonidan tavsiyanoma bilan qo‘llab-quvvatlanadi.
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Galereya
Aloqa
- Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 226A-uy.
Izohlar

Izohlar mavjud emas






Izohlar
Izohlar mavjud emas