Suv bioresurslari va akvakultura

Toshkent davlat agrar universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 25 Iyun 2024

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Suv resurslari – foydalanish uchun yaroqli boʻlgan yer usti, yer osti suvlari va tuproqdagi nam zaxiralari. Sr. asriy (yer usti qatlamlari, Qutb va baland togʻ muzliklari, yirik koʻllar va shu kabida toʻplangan chuchuk suvlar) va qayta tiklanadigan (daryo oqimlari, yer osti suvlarining oʻzgaruvchan va dinamik zaxiralari, koʻllar hajmining bir qismi va boshqalar) turlarga boʻlinadi. Suv resurslari deganda suv obʼyektlari – daryo, koʻl, dengizlar ham tushuniladi, chunki ulardan kema qatnovi, gidroenergetika, baliq xoʻjaligi, dam olish, turizm va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Gidrosferadagi turgʻun suv zaxiralarning faqat 2,5% gina chuchuk suv (uning faqat salkam 1% dan kishilar foydalana oladilar), 70% muzliklar, qolgani tuproq nami shaklida.

Akvakultura  — suv havzalaridan unumli foydalanish maqsadida suvda yashaydigan organizmlar (baliqlar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar, suv oʻtlari)ni na-zorat qilib turiladigan sharoitda yetish-tirish va parvarish qilish. Akvakultura mahsuloti jahonda muntazam oʻsib boradi. Organizmlarni dengiz suvi yoki shoʻr suvlarda yetishtirish marikultura deb ataladi.

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili
Kunduzgi
12 627 170 so'm / yillik
;