Ta‘limda axborot texnologiyalari (Magistratura)
Fan va texnologiyalar universiteti
Magistr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2025
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Ta’limda axborot texnologiyalari — bu zamonaviy ta’lim tizimini raqamlashtirish, interaktiv va innovatsion yondashuvlar orqali o‘quv jarayonini samarali tashkil etishga qaratilgan dolzarb yo‘nalishdir. Bugungi kunda raqamli kompetensiyalarga ega pedagog va ta’lim texnologlari ta’lim sifatini oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynamoqda.
Magistrlar elektron ta’lim tizimlari, ta’limda dasturlash asoslari, sun’iy intellekt, raqamli pedagogika, o‘quv kontentlarini yaratish, ta’lim platformalari va mobil ilovalar bilan ishlash bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘ladilar. Shuningdek, interaktiv darslarni loyihalash va ta’limda IT-yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradilar.
Bitiruvchilar maktablar, oliy ta’lim muassasalari, IT kompaniyalar, ta’lim platformalari, nashriyotlar va EdTech startaplardagi loyiha jamoalarida IT-pedagog, kontent ishlab chiquvchi, ta’lim texnologi yoki raqamli ta’lim maslahatchisi sifatida faoliyat yuritishlari mumkin. Agar siz texnologiya va ta’limni birlashtirib, kelajak ta’limini shakllantirishni istasangiz — bu yo‘nalish aynan siz uchun!
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Rus
- Kunduzgi
- 21 800 000 so'm / yillik
