Mentalaba - <!-- -->Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) | Mentalaba

Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

Andijon davlat universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 5 Iyun - 25 Iyun 2026

Andijon viloyati

Yo'nalish haqida

Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) — insoniyatning o‘tgan davrlardagi voqealari, davlatlar va jamiyatlar rivojlanishini o‘rganadigan fan bo‘lib, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarni tahlil qiladi. Ushbu yo‘nalish analitik tafakkurni rivojlantiradi, murakkab voqealarni bosqichma-bosqich o‘rganish ko‘nikmasini shakllantiradi hamda nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash imkonini beradi. O‘qish jarayonida manbalarni tahlil qilish, mantiqiy isbotlash, tadqiqot metodlari va tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Bu esa bitiruvchilarga ilmiy, madaniy va davlat boshqaruvi sohalarida samarali faoliyat yuritish imkonini beradi.


Tarix bakalavrini bitirgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:

  • Tarix o‘qituvchisi – umumta’lim maktablari va o‘quv markazlarida.
  • Ilmiy xodim – tarixiy tadqiqot institutlarida.
  • Arxivchi – davlat va xususiy arxivlarda.
  • Muzey va madaniyat xodimi – muzey, galereya va madaniyat markazlarida.
  • Xalqaro munosabatlar mutaxassisi – diplomatiya va xalqaro tashkilotlarda.
  • Jurnalist yoki tarixiy tadqiqot bo‘yicha mutaxassis – media va nashriyotlarda.

Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!


Imtihon bloki: Tarix, Ona tili


Ta’lim tili: O‘zbek tili, Rus tili


Ta’lim shakli: Kunduzgi

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek, Rus
Kunduzgi - O'zbek tili
7 400 000 so'm / yillik
Kunduzgi - Rus tili
7 400 000 so'm / yillik
;