Tizimli raqamli kimyo muhandisligi (PISh) | Mentalaba

Tizimli raqamli kimyo muhandisligi (PISh)

D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali

Bakalavr

Qabul mudati: 15 Iyun - 15 Avgust 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Tizimli raqamli kimyo muhandisligi (PISh) — bu kimyo muhandisligi, raqamli texnologiyalar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni birlashtiruvchi zamonaviy ta'lim yo‘nalishidir. Dastur talabalarga kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash, modellashtirish, raqamli boshqarish va optimallashtirish bo‘yicha chuqur bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni beradi.

Ta'lim jarayonida kimyoviy texnologiyalar, raqamli modellashtirish, sun'iy intellekt, sanoat avtomatlashtirish tizimlari, ma'lumotlar tahlili, texnologik jarayonlarni boshqarish va ekologik xavfsizlik kabi yo‘nalishlar o‘rganiladi.


Bitiruvchilar quyidagi kasblarda faoliyat yuritishi mumkin:

  • Kimyo muhandisi — kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash va boshqarish.
  • Raqamli texnologiyalar muhandisi — sanoat korxonalarida raqamli tizimlarni joriy etish va rivojlantirish.
  • Jarayonlarni avtomatlashtirish muhandisi — ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va nazorat qilish.
  • Ma'lumotlar tahlili mutaxassisi (Data Analyst) — ishlab chiqarish ma'lumotlarini tahlil qilish va samaradorlikni oshirish.
  • Sanoat dasturiy ta'minoti muhandisi — kimyo sanoati uchun dasturiy yechimlarni ishlab chiqish.
  • Ilmiy tadqiqotchi — raqamli kimyo texnologiyalari va innovatsion ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish.

Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!


Imtihon fanlari: Kimyo – 40; Matematika/Fizika – 40/41; Rus tili – 40


Ta'lim tili: Rus tili


Ta'lim shakli: Kunduzgi

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
Rus
Kunduzgi - Rus tili
20 000 000 so'm / yillik