Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish
Toshkent davlat agrar universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 25 Iyun 2024
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Tuproq bonitirovkasi - yer uchastkasida tarqalgan unumli tuproq qatlamining fiziologik hamda ximiyaviy tarkibini, tuproq turi va holati, iqlim sharoiti va yer osti suvlarini joylashishi kabi bir qator omillarni o'zida jamlaydigan jarayondir. Tuproq bonitirovkasi — tuproq unumdorligini qiyosiy baholash. Tuproq bonitirovkasi 100 ballik shkala boʻyicha ifodalanadi. Tuproq bonitirovkasining asosiy maqsadi tuproqlarni unumdorligiga karab tasniflahdir. Tuproq bonitirovkasi tuproq unumdorligini xarakterlovchi tabiiy, yaʼni qishloq xoʻjaligi. ekinlari hosildorligi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻtkaziladi. Shuningdek, Tuproq bonitirovkasida dalaning oʻlchami, geometrik shakli, nishabligi, iqlim sharoiti va boshqa ham hisobga olinadi. Tuproq bonitirovkasi yerni iqtisodiy baholash, yer kadastrini yuritish, melioratsiya hamda dehqonchilik sistemasini takomillashtirish va boshqa uchun zarur.
Yer resurslari — xalq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish mumkin boʻlgan yerlar. OʻzbekistondaYer resurslari tarkibiga foydalanib kelinayotgan yerlar va istiqbolda foydalanish mumkin bulgan yerlar kiradi Ye.r. maydoni va sifati jihatidan baholanadi. Yer resurslaridan foydalanish darajasini tahlil etish va ularning samaradorligini aniqlash natijasida yer maydoni birligiga toʻgʻri keladigan yalpi va sof daromad, mehnat unumdorligi aniqlanadi hamda yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilar faoliyatiga baho beriladi.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili
- Kunduzgi
- 12 627 170 so'm / yillik
- Sirtqi
- 12 627 170 so'm / yillik