Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha )
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Farg'ona viloyati
Yo'nalish haqida
Turizm yo‘nalishida talabalar sayyohlik sanoati va uning turlari bilan tanishadilar. Ular mehmonxonalar, ekskursiyalar va sayyohlik xizmatlarini tashkil etishni o‘rganadilar. Talabalarga mijozlar bilan ishlash, xizmat ko‘rsatish madaniyati va kommunikatsiya ko‘nikmalari beriladi. Shuningdek, turizm marketingi, yo‘nalishlarni rejalashtirish va turizm biznesini boshqarish bo‘yicha bilimlar ham o‘rgatiladi.
Kim bo'lib qayerlarda ishlash mumkin? Bitiruvchilar sayyohlik agenti, ekskursiya yetakchisi, mehmonxona menejeri yoki turizm bo‘yicha marketing mutaxassisi sifatida turistik agentliklar, mehmonxonalar, resortlar, muzeylar va xalqaro turizm firmalarida ishlashlari mumkin.
Imtihon bloki: Tarix, Ingliz tili
Ta'lim muddati davomiyligi: 4 yil
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 17 141 760 so'm / yillik
