Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti
Magistr
Qabul mudati: 5 Iyun - 25 Iyun 2026
Andijon viloyati
Yo'nalish haqida
Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili (magistratura) — bu ijtimoiy-gumanitar va pedagogik sohaga kiruvchi chuqurlashtirilgan yo‘nalish bo‘lib, u ingliz tilining nazariy asoslari, rivojlanish tendensiyalari va ilg‘or o‘qitish metodikalarini keng qamrovda o‘rganadi. Ushbu bosqichda ingliz tilining grammatikasi, fonetikasi, leksikasi va stilistikasi ilmiy darajada tahlil qilinadi.
Shuningdek, ingliz adabiyoti, madaniyati, tarjima nazariyasi va amaliyoti, hamda zamonaviy tilshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur bilim beriladi. Magistratura talabalari ilmiy-tadqiqot olib borish, pedagogik faoliyatni rivojlantirish va innovatsion yondashuvlarni qo‘llash ko‘nikmalarini egallaydilar.
Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili (magistratura) bitiruvchilari quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchi – universitet va institutlarda dars berish
- Ilmiy tadqiqotchi – tilshunoslik va adabiyot yo‘nalishida ilmiy faoliyat olib borish
- Tarjimon – professional yozma va og‘zaki tarjima faoliyati (yuqori malaka bilan)
- Pedagog-metodist – ingliz tilini o‘qitish metodikasini ishlab chiqish va takomillashtirish
- Til markazlari rahbari yoki yetakchi o‘qituvchi – ta’lim jarayonini tashkil etish
- Filolog / Tilshunos – ilmiy va amaliy faoliyat yuritish
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ham ishlashi mumkin!
Ta’lim tili: O‘zbek tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 8 450 600 so'm / yillik