Mentalaba - Universitet haqida
Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti logo

Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti

Davlat universiteti

Andijon viloyati

0.0

(0 Izohlar)

calendar

Qabul muddati

20 Iyun 2025 - 20 Iyul 2025

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti :

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 6-apreldagi 187-son qarori asosida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi 2022-yil 21-iyundagi PQ–289-son qarori qabul qilindi. Qarorga ko'ra, Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Andijon davlat Pedagogika instituti tashkil etildi. Bu davrda institutda 5 ta fakultet (Aniq va tabiiy fanlar, Maktabgacha ta’lim, Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san’at, Jismoniy madaniyat, Pedagogika fakultetlari) 7 ta kafedra faoliyat olib bordi. Hozirda institutda 7 ta fakultet 15 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.​​​​


Kirish uchun talablari : 

BMB(DTM) tomonidan tashkil etiladigan davlat imtihonlarida qatnashish.



Universitet grantlari :

Universitetda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant o'qish imkoniyati bor.


Universitet stipendiyasi :

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:

Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;

- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;

- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;

- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.


To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

 - Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;

 - Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

 - Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.


I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:

 - I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;

 - To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.


Institut yotoqxonasi : Yotoqxona mavjud

Institutda hozirgi kunda 3 ta talabalar turar joyi hamda 1 dona davlat xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan talabalar uyi mavjud. 



Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Qabul kvotasi va kirish ballari

2023
Ta'lim yo'nalishiQabul kvotasiGrant uchun kirish ballariKontrakt uchun kirish ballari
Biologiya0 / 25-112.9
Boshlang‘ich ta‘lim0 / 0--
Fizika va astronomiya10 / 65100.662.2
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari10 / 30115.189.2
Jismoniy madaniyat0 / 50-128.2
Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha)5 / 15118.699.9
Kimyo0 / 25-59.9
Maktabgacha ta‘lim0 / 0--
Maktabgacha ta‘lim psixologiyasi va pedagogikasi5 / 20117.692.7
Maktabgacha va boshlang‘ich ta‘limda jismoniy tarbiya va sport0 / 0--
Matematika va informatika0 / 50-69.8
Milliy g‘oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi0 / 0--
Musiqa ta‘limi0 / 0--
O‘zbek tili va adabiyoti0 / 50-106.8
Ona tili va adabiyot: qirg‘iz tili va adabiyot5 / 208759.6
Pedagogika0 / 50-92.5
Tarix5 / 45162.3132.5
Tasviriy san‘at va muhandislik grafikasi10 / 40114.978.2
Texnologik ta‘lim10 / 4080.669.1
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (huquq ta’limi)2 / 4--
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)2 / 4--
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi2 / 4--
O‘zbek tili va adabiyoti2 / 4--
O‘zga tilli guruhlarda rus tili0 / 0--
Ona tili va adabiyoti (qirg‘iz tili va adabiyoti)2 / 4--
Pedagogika va psixologiya2 / 4--
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)2 / 4--
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)2 / 4--
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim)2 / 4--
Ta’limda axborot texnologiyalari6 / 0--
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)0 / 0--
Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlimda xorijiy til: ingliz tili10 / 15162.2149.4
Maxsus pedagogika : logopediya15 / 10111.193.4
O‘zga tilli guruhlarda rus tili (o‘zbek guruhlari uchun)5 / 45144.2112

Aloqa

  • call
  • Andijon shahar, Do'stlik ko'chasi, 4-uy
imageimageimageimage

Izohlar

im

Izohlar mavjud emas