2025-yil 1-maydan boshlab, «Toza qoʻllar» dasturi ishga tushiriladi. Dastur maqsadi — aholi, ayniqsa yoshlar orasida sanitariya-gigiyena vositalarini kengroq foydalanishga rag'batlantirish.
Dastur orqali quyidagi natijalar ko'zda tutilgan:
- Sog'liqni saqlash va ta'lim muassasalarida qo'l yuvish joylari va sanitariya vositalari o'rnatiladi.
- Sanitariya-gigiyena xonalarining holati yaxshilanadi.
- Yangi qurilayotgan muassasalarda sanitariya-gigiyena xonalari joylashtiriladi.
- Jamoat sanitariya xonalari uchun dastur qabul qilinadi.
Loyiha «O'zbekiston-2030» xalq strategiyasi portalida jamoatchilik muhokamasiga qo'yilgan, 22-yanvargacha takliflar qabul qilinadi.
Unda siz ham faol ishtirok etib, oʻz taklif va mulohazalaringizni uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali yuborishingiz mumkin!
32