Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti
Davlat universiteti
Toshkent shahri
Qabul muddati
5 Iyun 2024 - 25 Iyun 2024
OTM litsenziyasi
OTM haqida
Universitet haqida :
Toshkent davlat texnika universiteti dastlab, 1920 yilda Turkiston davlat universiteti qoshida texnika fakulteti sifatida tashkil etilgan. Keyinchalik 1929 yilda Turkiston davlat universitetining texnika fakulteti bazasida O‘rta Osiyo paxtachilik irrigatsiyasi politexnika instituti tashkil etilgan. 1933 yilda O‘rta Osiyo insdustrial institutiga, 1949 yilda O‘rta Osiyo politexnika institutiga, 1961 yilda Toshkent politexnika institutiga aylantirilgan. 1991 yilda Toshkent politexnika instituti va Toshkent mashinasozlik instituti bazasida Toshkent davlat texnika universiteti tashkil etilgan. Abu Rayhon Beruniyning tavalludini 1000 yilligi munosabati bilan 1991 yilda Abu Rayhon Beruniy nomi berilgan. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish maqsadida 2017 yilda Toshkent davlat texnika universitetiga Islom Karimov nomi berilgan.
Universitetda o‘quv jarayoni bakalavriatda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllarida hamda magistraturada kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.
O‘quv jarayoni har yili sentyabr oyidan boshlanadi hamda kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi.
Toshkent davlat texnika universiteti “Muhandislik ishi”, “Ishlab chiqarish va ishlov berish” hamda “Gigiena va ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi” ta’lim sohalari bo‘yicha etakchi oliy ta’lim muassasasi sifatida Muvofiqlashtiruvchi soha kengashlariga rahbarlik qiladi.
Toshkent davlat texnika universitetida 2023-2024 o‘quv yilida 74 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 76 ta...
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Qabul kvotasi va kirish ballari
Ta'lim yo'nalishi | Qabul kvotasi | Grant uchun kirish ballari | Kontrakt uchun kirish ballari |
---|
Galereya
Aloqa
Fikrlar
Fikrlar mavjud emas