1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

14 yanvar "Vatan himoyachilari" kuni

14.01.2024
Article image

1992 yil 14-yanvar kuni mustaqil davlatimiz tarixida muhim kun hisoblanadi.


Respublika Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida”gi qarori bilan mamlakatimiz hududidagi barcha harbiy tuzilmalar mustaqil O‘zbekiston tasarrufiga o‘tkazildi. Davlatimiz rahbari tashabbusiga asosan qabul qilingan mazkur hujjat armiyamizni isloh qilishning uzoq muddatli dasturi ishlab chiqilishiga yo‘l ochdi.

1993-yilning 29-dekabrida 14-yanvar yurtimizda “Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi.

                  

O‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohatlar tufayli yurtimiz xavfsizligini, sarhadlarimiz dahlsizligini ishonchli himoya qilishga, aholimizning tinch va osuda hayotiga qarshi qaratilgan har qanday g‘arazli urinishlarning oldini olishga qodir bo‘lgan, ixcham, tezkor, tashkiliy jihatdan mukammal, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlangan milliy armiyamiz shakllantirildi.


Vatan ostonadan, inson yashab nafas olib turgan go‘shadan, insonning kindik qoni to‘kilgan xonadon tuprog‘idan boshlanadi.Shu bois, inson ilk bor nafas olib, ulg‘ayib voyaga yetgan ona zaminga mehr-muhabbat va sadoqatda bo‘lishi, uning har bir hovuch muqaddas tuprog‘ini ko‘ziga to‘tiyodek surtishi, unga nisbatan bir umr farzandlik hissi bilan yashashi uning uchun ham farz, ham qarzdir. Vatanimiz tuprog‘idagi har bir qarich yer muqaddas hisoblanadi. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprog‘ini ko‘zlariga to‘tiyo etganlar, qayerga borsa ham Vatan yodi bilan nafas olganlar.


Bugungi yoshlarimiz mustaqil Vatanimizning posbonlaridir.


Biz navqiron avlod vakillarini barkamol, yetuk kishilar qilib voyaga yetkazsak, ularning har birida or-nomus, milliy g‘ururni izchil shakllantirib borsak, Vatanimiz shunchalik qudratli davlatga aylanadi. Vatanni, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, vatanparvar bo‘lish, sodiqlik, fidoyilik tuyg‘ularini xis etib yashayotgan yoshlarimiz mustaqil yurtimizning kelajagidir. Biz qo‘lga kiritgan bunday yutuqlar bilan muqaddas yurtimizda yashayotgan, millati, dini va e’tiqodidan qat’i nazar, har bir inson haqli ravishda faxrlansa arziydi.


14-yanvar kuni munosabati bilan Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi maktablarda, litsey, oliy o’quv yurtlarida keng nishonlanmoqda.


openEye

200

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar