1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 Talaba nechanchi kursdan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlashi mumkin?

03.02.2024
Article image

OTMning kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.


Ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.


Bundan tashqari, yurisprudensiya talabalariga ham o‘z mutaxassisligi bo‘yicha 3-kursdan ishlashga ruxsat beriladi.


Boshqa yo'nalish talabalari ham ishlay oladi. Ularga taqiq yo‘q. Faqat darsdan bo‘sh vaqtida ishlashi talab etiladi. Ya’ni talaba dars vaqtida ishga bora olmaydi.



openEye

3659

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar