Oliy ta'limga kirish imtihonlari va o'qishni ko'chirishtest sinovlarida qatnashish uchun abituriyent va "perevodchilar" o'tgan yili 170 ming so‘m to'lov qilgan bo'lsa, bu yil 187 500 so‘m to‘lov qiladilar.
Amaldagi tartibga ko'ra, test sinovlarida ishtirok etish uchun BHM ning 50% miqdori to'lov amalga oshiriladi. Bu yil BHM miqdori 375 ming so'mga ko'tarilgani sababli test sinovlarida qatnashish 187500 so'mni tashkil etmoqda.
Quyidagi abituriyentlar to'lovdan ozod etilganlar:
- o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- mehribonlik uylari bolalari;
- bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
- “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.
2