Mentalaba - Universitet haqida batafsil
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali logo

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali

Davlat universiteti

Xorazm viloyati

calendar

Qabul muddati

5 Iyun 2024 - 25 Iyun 2024

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Universitet haqida :

Urganch filiali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ-91 son "Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2005 yil 14 iyundagi 130-son "Oliy taʼlim muassasalari filiallari toʻgʻrisidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005 yil 21 iyul 07-8/2015-son taqdimnomasini amalga oshirish maqsadida 2005 yil 23 iyuldan Urganch shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiali sifatida tashkil etilgan. Filial tarkibida ikkita "Kompyuter injiniringi" va “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakultetlari faoliyat yuritmoqda. Bu fakultetlarda "Axborot texnologiyalari", "Axborot xavfsizligi" ,  "Raqamli taʼlim texnologiyalari", "Tabiiy fanlar", "Gumanitar va ijtimoiy fanlar", "Dasturiy injiniringi", “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedralari mavjud boʻlib, ularda  75  nafardan ziyod professor-oʻqituvchilar talabalarga taʼlim-tarbiya berib kelmoqdalar. Filialda magistrlar va katta ilmiy xodim izlanuvchilar tayyorlash maqsadida Sankt-Peterburg Davlat axborot texnologiyalari, mexanika va optika universiteti, Shvesiya qirollik texnologiya universiteti, Italiyaning Turin politexnika universiteti, Ispaniyaning Kardoba universitet va Germaniya davlatining Oldenburg universitetlari bilan xalqaro aloqalar oʻrnatilgan.


Universitet grantlari :

Universitetda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant o'qish imkoniyati bor.


Universitet stipendiyasi :

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:

Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;

- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;

- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;

- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.


To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

 - Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;

 - Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

 - Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.


I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:

 - I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;

 - To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.


Kirish uchun talablari : BMB(DTM) tomonidan tashkil etiladigan davlat imtihonlarida qatnashish.


Universitet yotoqxonasi : Universitetda yotoqxona mavjud.


Xalqaro aloqalar va ilmiy faoliyat

Hozirda filial koʼpgina xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikni yoʼlga qoʼymoqda. Shu nuqtai nazardan hamkorlik aloqalar kengaytirish jarayoniga kafedra mudirlarini jalb etilmoqda, ushbu jarayonda xorijiy universitetlar bilan hamkorlik memorandum shartnomalari bandlari mutaxassis tayyorlovchi kafedra xodimlari bilan kelishilgan xolda tuzilmoqda. Bugungi kunda 20 dan ziyod xalqaro universitetlar bilan shartnomalar tuzilgan, jumladan: Rossiyaning Kazan federal universiteti, Novosibirsk davlat universiteti, Novosibirsk davlat texnika universiteti, Novosibirsk davlat iqtisodiyot va boshqaruv universiteti, Ufa fan va texnologiya universiteti, N.I.Lobachevskiy nomidagi Nijigorod milliy tadqiqot universiteti, Belorussiya davlat universiteti, AQSHning Minnesota davlat universiteti, Malayziyaning Malaya universiteti, Belorusiya davlat texnologiyalar universiteti, J.Koreyaning Toshkentdagi Yodju Texnika Instituti, Karl von Ossetskiy nomidagi Oldenberg universiteti, AQShning Denver universiteti, AQShning Mayami universiteti, Sankt-Peterburgning informatsion texnologiyalar, mexanika va optika universiteti, Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti, Vilʼnyus universiteti, Toshkentdagi Turin politexnika universitetlari, Urganch RANCH texnologiya universiteti shular jumlasidandir. Shartnomalardan koʻzlangan asosiy maqsad hamkor xorijiy OTMlar bilan oʻzaro ilmiy va innovatsion va taʼlim jarayonida almashuv dasturlarini tashkillashtirish jarayonlarini rivojlantirishdan iborat.Bitiruvchilarning faoliyat koʻrsatish soіalari Hozirgacha filialni bitkazgan 100 nafardan ziyod magistr va 2500 nafardan ziyod bakalavrlar Respublikamizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, oliy taʼlim, oʻrta maxsus kasb-hunar kollejlari, xalq taʼlimi, bank kabi sohalarda faoliyat koʻrsatmoqdalar.


Ta'lim yo'nalishlari

univer image

Grant

Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

13 306 500 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Dasturiy injiniring

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

13 306 500 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Pochta aloqasi texnologiyasi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi / Sirtqi
dollar

Kontrakt to'lovi

13 306 500 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Kompyuter injiniringi: “kompyuter injiniringi”

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili / Rus tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi / Sirtqi / Masofaviy
dollar

Kontrakt to'lovi

7 091 610 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Pochta aloqa texnologiyasi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

7 091 940 so'mdan boshlab

Qabul kvotasi va kirish ballari

2023
Ta'lim yo'nalishiQabul kvotasiGrant uchun kirish ballariKontrakt uchun kirish ballari
Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)0 / 0120.6-
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta‘limi15 / 35109.377.9
Dasturiy injiniring15 / 30128.388.4
"Kompyuter injiniringi (""Kompyuter injiniringi"", ""AT-servis"", ""Axborot xavfsizligi"", ""Multimedia texnologiyalari"")"10 / 50132.886.1
Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)0 / 50-69.5
Pochta aloqasi texnologiyasi0 / 40-65
"Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, ""Teleradioeshittirish"", ""Mobil tizimlar"")"0 / 0--
Kompyuter injiniringi: “kompyuter injiniringi”0 / 100-58
Pochta aloqa texnologiyasi10 / 209072.7
Telekommunikatsiya texnologiyalari: “telekommunikatsiyalar”0 / 0--

Galereya

Aloqa

  • call
  • 220100, Xorazm viloyati, Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko'chasi, 110-uy

Ijtimoiy tarmoqlar

imageimageimageimage

Fikrlar

im

Fikrlar mavjud emas