
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Xususiy universitet
Toshkent shahri
3.4
(2 Izohlar)
Qabul muddati
1 Iyun 2026 - 30 Sentabr 2026
OTM litsenziyasi
OTM haqida
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti 2022-yilda tashkil topgan va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan №216331-sonli litsenziya asosida faoliyat yuritadi. Universitet qisqa vaqt ichida dunyoning nufuzli xalqaro reytinglaridan joy oldi. Bular; RUR (Round University Ranking); UI Greenmetric World Universities Rankings; WAITRO. Ahamiyatlisi, Universitet O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim muassasalari ichida ushbu reytinglardan joy olgan 1-universitet hisoblanadi. Universitetning bosh missiyasi – Liderlar va raqobatda ustun kadrlarni tayyorlash. Universitetda 200 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi va ularning 52% PhD va DSc (fan doktori) laridan iborat. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekistonda yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biridir. Hozirgi kunda universitetda 10 000 dan ortiq talaba tahsil oladi. Ta’lim yo‘nalishlari soni 18 tani tashkil qiladi. Universitetda bakalavr va magistratura uchun qabul qilinadi va kunduzgi hamda sirtqi ta’limda o‘qish imkoni mavjud.
Qabul kvotasi : 2026 - 2027 - yil qabul uchun 3000 ta
Kirish talablari va o‘tish ballari : Bakalavriat uchun kirish balli 60 ballni tashkil qilishi kerak. Ta’lim yo‘nalishiga qarab kamida 2 ta fandan imtihon online yoki offline tarzda topshiriladi.
Bakalavr uchun:
- 11-sinfni tugatganligi to‘g‘risida attestat;
- ID karta yoki fuqarolik pasportiga ega bo‘lish.
Magistratura uchun:
- bakalavr diplom;
- ID karta yoki fuqarolik pasportiga ega bo‘lish;
- Til bilish sertifikati (B2).
Yotoqxona : Hozircha mavjud emas.
Stipendiya : O‘qish ko‘rsatkichlariga qarab 1 000 000 so‘mgacha Rektor stipendiyasi beriladi.
TIFT universiteti tomonidan beriladigan chegirmalar : Talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, bir oiladan bir necha a’zosi o‘qisa qisman chegirmalar qo‘llaniladi.
Xalqaro hamkorlik : Dunyoning TOP 300 taligiga kiruvchi USCI Universiteti bilan 3+1, Koreyaning eng yaxshi ish bilan ta’minlovchi universiteti Kyundong Global University bilan 2+2, hamda Dunyoning TOP 500 taligiga kiruvchi Utara universiteti bilan 3+1 asosdagi 2 ta diplom beruvchi qo‘shma ta’lim dasturlari mavjud. Universitet talabalari Work & Travel dasturida ishtirok etishi mumkin.
O‘qish vaqtida ishlash imkoniyati : Universitet tomonidan o‘qish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan talabalar universitetning hamkor tashkilotlariga stajirovka o‘tash, amaliyot qilish va ishlash uchun yuboriladi.
Grantlar
TIFT Universiteti 500 ta GRANT ajratmoqda
🎓 100% grant
• SAT 1350 + IELTS 7.0 — 2 yil
• IELTS 7.5 — 2 yil
• Respublika va xalqaro tan olingan olimpiada sovrindorlari — 4 yil (IMO, IPhO, IChO, IBO, IOI)
🎓 50% grant
• SAT 1300 — 2 yil
• IELTS 6.5 — 2 yil
• Maktabni oltin medal bilan bitirganlar — 2 yil
🎓 25% grant
• SAT 1200 — 2 yil
• IELTS 5.5 — 2 yil
• Maktabni qizil shahodatnoma bilan bitirganlar — 2 yil
• Milliy sertifikatdan fan kesimida maksimal natija olganlar — 2 yil
📌 Eslatma:
• Grant keyingi yilga o‘tishi uchun talabaning GPA ko‘rsatkichi kamida 4.2 bo‘lishi kerak.
• Olimpiada grantlari matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatika yo‘nalishlariga tegishli.
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Galereya
Izohlar

Izohlar mavjud emas










Izohlar
Izohlar mavjud emas