
Toshkent xalqaro ta'lim universiteti
Xalqaro universitet
Toshkent shahri
5.0
(14 Izohlar)
Qabul muddati
31 Yanvar 2025 - 30 Sentabr 2025
OTM litsenziyasi
OTM haqida
Tashkent international university of education (TIUE) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi “Tashkent international university of education xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 331829-sonli litsenziyasiga (amal qilish muddati cheksiz) asosan bakalavr hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadi.
TIUE kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida ingliz, o‘zbek va rus tillarida ta’lim dasturlarini taklif etadi. Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalar uchun talabalar turar joyi mavjud
Universitet OTHM Qualifications (Buyuk Britaniya), Portsmut universiteti (Buyuk Britaniya), Universiti Sains Malaysia (USM) va INTI xalqaro universiteti (Malayziya), Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT), Dongshin universiteti (Janubiy Koreya), MDIS Singapur, Amiti universiteti (O‘zbekiston) kabi malakaviy tashkilotlar va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi.
OTHM diplomi Buyuk Britaniyaning boshqa universitetlarida bakalavriat va magistratura dasturlarida keyingi tegishli o‘qiv yilida o'qishni davom ettirish imkoniyatini beradi.
TIUE o‘qituvchilarining barchasi o‘z sohasi bo‘yicha yuqori malakaga hamda ilmiy unvon va darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchlardir. O‘qituvchilar talabalarga nafaqat mutaxassislik uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni o‘rgatish, balki ularni kelajakda sohaga oid yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday muammoli vaziyatlarga yechim topishga o‘gatishga intiladi.
Universitetda xalqaro miqyosda ta’lim berish uchun barcha zarur infratuzilma, jumladan, o‘z kampusi mavjud. TIUEning mamlakatimiz va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan integratsiyalashuvi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish orqali ilmiy-tadqiqot faoliyatini yo‘lga qo‘yish, talabalarga o‘z qobiliyatlarini namoyon etishi, o‘zini anglashi va ertangi kunning yetakchisi bo‘lish, shuningdek, ishga joylashish uchun zarur ko‘nikma va bilimlarni egallash imkonini beradi.
Universitetdagi hayot talabalar uchun imkoniyatlar va tajribalarga boy bo‘lgan unutilmas davrdir. Bu talabalar nafaqat sifatli akademik ta’lim olish, balki dunyoqarashini kengaytirish va tengdoshlari bilan uzilmas aloqalarni o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lgan vaqtdir. Universitetda talabalar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan ko‘plab klublar, tadbirlar va loyihalar mavjud. Bularga talabalar uyushmasi, turli akademik klublar, sport jamoalari, teatr guruhlari, musiqa guruhlari va boshqalar kiradi. Shuningdek, universitetda tez-tez konferentsiyalar, seminarlar, festivallar, sport tadbirlari va xayriya tadbirlari kabi turli tadbirlar o‘tkaziladi. Bu talabalarga nafaqat dam olish, balki o‘z iste’dodlarini namoyish etish, bilimlarini mustahkamlash va jamiyatga hissa qo‘shishlari uchun keng imkoniyat beradi.
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Galereya
Izohlar

Izohlar mavjud emas
Izohlar
Izohlar mavjud emas