1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

1- va 2-bosqich talabalar qanday holatlarda akademik qarzdor hisoblanadi!?

07.10.2024
Article image

📣

1️⃣1 - HOLAT: Agar talaba bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizi va undan ortiq hajmini sababsiz qoldirsa;


2 - HOLAT: Fan yakunida joriy nazorat bo‘yicha to‘plagan o‘rtacha bali 60 dan kam bo‘lgan talaba;


3 - HOLAT: Agar talaba fan yakuni bo`yicha oraliq (ON) yoki yakuniy nazorat (YaN) imtihonlaridan 60 dan kam bal to'plasa.(Bunda talabaga ONni qayta topshirish uchun 2 marta (dekanat ruxsati va koordinatsion kengash qarori asosida), YaNni qayta topshirish 2 marta (1-marta dekanat ruxsati bilan, 2-marta koordinatsion kengash qaroriga binoan pullik asosida attestatsiya davrida amalga oshiriladi, bunda to‘lov qiymati yozgi semestr uchun to‘lanadigan pul miqdorining 30%ni tashkil qiladi) imkoniyat beriladi.


Akademik qarzdor talabalarga o‘z xohishiga ko‘ra, yozgi ta’til vaqtida o‘rnatilgan tartibda to'lovni amalga oshirgandan so‘ng qayta ta'lim olishi imkoniyati beriladi. (ASOS)



openEye

73

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar