
Qarshi davlat universiteti (QDU) — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Hozirgi kunda universitet tarkibida 14 ta fakultet, 53 ta kafedra, 8 ta markaz faoliyat yuritadi.
2023-2024 o'quv yili qabulida KIRISH BALLARI qanday bo'lgan?
Yuqori ko'rsatgich "Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili" yo'nalishida bo'lgan:
Umumiy kvotalar soni - 67 ta o'rin ajratilgan.
Davlat granti uchun - 2 ta
Shartnoma (kontrakt) asosida - 65 ta.
- Davlat granti asosida kirsh uchun - 178.4 ball,
- Shartnoma asosida kirish uchun - 151.6 ball bo'lgan.
Past o'tish bali "Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)" yo'nalishida bo'lgan:
Umumiy kvotalar soni - 25 ta o'rin ajratilgan.
Davlat granti uchun - 10 ta
Shartnoma (kontrakt) asosida - 15 ta.
- Davlat granti asosida kirsh uchun - 68.3 ball
- Shartnoma asosida kirish uchun - 59.3 ball bo'lgan.
Qarshi davlat universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan, 1992-yil 15-martda Qarshi pedagogika instituti (1956-yilda asos solingan) negizida Qarshi shahrida tashkil etilgan.
- -> Qarshi davlat universiteti fakultetlari, ta'lim yo'nalishlari haqida batafsil ma'lumotlar
- -> Qarshi davlat universiteti 2023/24 o'quv yılidagi kvotalar va kirish ballari
5570