1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 3 yillik SIRTQI ta'lim mavjud emas!

23.02.2024
Article image

“Sirtqi ta'lim" shaklida 3 yil tahsil olsam menga berilgan diplom O'zbekiston hududida tan olinadimi?


Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabr sanasidagi 930-sonli “Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomda aniq va tiniq ko'rsatilgan, sirtqi taʼlim 5 yildan kam boʻlmasligi kerak, bundan tashqari maktabgacha taʼlim yoʻnalishida sirtqi taʼlim 4 yil, kunduzgi 3 yil qilib belgilangan. Maxsus sirtqi shaklda kamida 3 yil.


Maxsus sirtqi shakli nima? - faqat tegishli yoki turdosh taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga va taʼlim yoʻnalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yoʻnalishlari uchun pedagogik stajga) ega boʻlgan, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega, test sinovlaridan (kirish imtihonlari yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli oʻtganlar qabul qilinadi.

openEye

1058

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar