
“Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”ning (23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son) 11-moddasida quyidagi shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega ekanligi belgilangan:
- umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim);
- o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim);
- boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar;
- ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar.
Maktablarning 9-10-sinf va akademik litseylarning 1-kurs o‘quvchilari majburiy 11 yillik ta’limni tamomlab, attestat yoki diplom olgandan so‘nggina OTMlariga o‘qishga kirishlari mumkin.
2004