1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

A level sertifikati nima?

03.02.2024
Article image

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5188 sonli qarorida xalqaro (International Advanced Levels) dasturlar talablariga muvofiq o‘quvchilarning STEAM fanlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni baholash hamda ularga xalqaro darajadagi AS va A-LEVEL sertifikatlarini berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish ko'zda tutilgan.


Mazkur sertifikat haqida asosiy ma'lumotlar:


A level nima?

Cambridge tashkiloti tomonidan o'tkazilayotgan A level sertifikati imtihonlarida A+(a+), A (a), B (b), C (c), D (d) yoki E (e) darajalarini olish mumkin. Bunda A+(a+) - eng yuqori, E (e) esa eng past ko'rsatgich hisoblanadi. Agar nomzodning yig'gan bali E(e) uchun ham yetarli bo'lmasa, unga "Ungraded", ya'ni darajaga loyiq topilmadi mazmunida hujjat taqdim qilinadi


Mazkur sertifikatlar qayerda tan olinadi?

A/AS level, shuningdek IGSCE sertifikatlari dunyoning 95 mamlakatidagi 1700 dan ortiq oliygohlar tomonidan tan olinadi. Bu ro‘yxatga "Top 30" talikdagi barcha universitetlar va Buyuk Britaniyada joylashgan oliygohlarning hammasi kiradi. Mazkur OTMlar orasidan Oksford Universiteti, Manchester Universiteti, Stendford Universiteti, Kembrij Universiteti Singapur Milliy Universiteti kabi nufuzli xorijiy ta’lim dargohlari ham o’rin olgan. 


openEye

92

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar