
Test 14-iyuldan 28-iyulgacha 2 ta smenada bo'ladi.
Abituriyentlar testga kamida 1 soat ertaroq borgani oʻzlari uchun foydali.
Kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qoyilmaydi; testga kirish uchun atigi 2 ta hujjat kifoya qiladi:
1) pasportning originali;
2) abituriyent ruxsatnomasi.
Pasport nusxasi (kopiya), haydovchilik yoki harbiy guvohnoma kabi hujjatlar o'tmaydi. Albatta pasportning asli boʻlishi kerak;
Abituriyent ruxsatnomasini @ruxsatnomalarbot orqali yuklab olish mumkin;
Abituriyent ruxsatnomasida test sanasi, vaqti, joyi, sektor va guruh raqami aks etgan boʻladi;
Abituriyent ruxsatnomasini printer orqali qogʻozga chop etib olish kerak. Oq-qora rangda chop etsa ham boʻladi, rangli printerdan chiqarish shartmas;
Abituriyent ruxsatnomasi abituriyent qayd varagʻi bilan almashtirmaslik kerak.
Hujjatning yuqori qismida “ABITURIYENT RUXSATNOMASI” degan yozuv boʻlishi kerak. Koʻpchilik “ABITURIYENT QAYD VARAQASI” degan hujjat bilan adashtirib qoʻyyapti;
Testga ruchka olib borish shart emas, oʻsha yerda tarqatiladi;
Testga kirish uchun talab etilgan aniq bir kiyim (forma) yoʻq. Abituriyentlar oʻziga qulay koʻrinishda kiyinishlari mumkin, kiyim rangi ham muhim emas;
Joriy yil 5 ta fan, 90 ta savol, 189 maksimal ball.
Bu yil jami 90 ta test boʻladi va ularni ishlash uchun jami 3 soat vaqt beriladi. .
3 ta majburiy fanlar uchun — 60 daqiqa (1 soat);
2 ta mutaxassislik fanlari uchun — 120 daqiqa (2 soat).
Jami: 180 daqiqa (3 soat).
Test jarayonlarini test2024.uz sayti yoki maxsus telekanal orqali onlayn tomosha qilish mumkin.
Asosiysi test sinovlaridan qoʻrqmang. Xotirjamlikni yoʻqotmang, diqqatingizni bir yerga jamlang, oʻz bilimingizga ishoning!
181