1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

ABITURIYENTlarga eslatma! SERTIFIKAT ma'lumotlarini tekshirish

27.06.2024
Article image

🖥Abituriyentlarda chet tili yoki umumta’lim fanidan milliy sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda aks etadi. Mazkur sertifikatlarni dasturga kiritish talab etilmaydi.


📱 Agar abituriyentda xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini dasturga (my.uzbmb.uz saytiga) kiritish lozim.


Dasturga kiritilgan sertifikatlarning haqiqiyligi va belgilangan talablarga mosligi Bilimni baholash agentligi tomonidan tekshiriladi va ularga 3 xil status beriladi:


ℹ️Sertifikat dasturga kiritilganda – “Tekshirilmoqda”.


✅Sertifikatning haqiqiyligi va imtiyoz berish uchun talabga javob berishi aniqlanganda – “Tasdiqlandi”.


❌Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmasa yoki imtiyoz berish uchun talabga javob bermasa – “Tasdiqlanmadi”.


Bunda sertifikat abituriyent tomonidan noto‘g‘ri yuklanib, rad etilgan taqdirda, sertifikatni qayta yuklash mumkin.


Izoh: Sertifikatlarni tekshirish murakkab jarayon bo‘lib, ma’lum vaqt talab etadi.

openEye

110

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar