1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 Amerika texnologiyalar universiteti Toshkent shahrida tashkil etildi

18.07.2024
Article image

Prezident qaroriga ko‘ra, universitet muhandislik, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi.


Universitet faoliyati 2024/2025-o‘quv yilidan boshlanib, talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.


Bitiruvchilarga Arizona davlat universitetining yoki Amerika Qo‘shma Shtatlarida tan olinadigan hamkor xorijiy oliy ta’lim tashkilotining diplomi beriladi. Bunda bitiruvchilarga berilgan diplom O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi.


Universitetda qo‘shma ta’lim dasturlarining xorijiy universitetda o‘qish qismini bakalavriatda “3+1”, magistraturada “1+1” va boshqa shaklda, jumladan, masofaviy tarzda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

openEye

743

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar