
Qiziq tarafi shundaki platformaning “Virtual sayohat” bo‘limida “Bobur va jahon madaniyati muzeyi”, “Bog‘i Bobur istirohat bog‘i”, “Boburning ramziy qabri”, “Bobur xalqaro jamoat fondi”, “Andijon shaharsozlik madaniyati” muzeylariga sayohat qilish imkoniyati mavjud.
Saytga Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo'li va ijodiga oid 20 mingdan ziyod kitob, maqola kabi fayllarning yuklamasi joylanishi rejalashtirilmoqda.
Ushbu loyiha Temuriylar tarixi davlat muzeyi jamoasi hamda Bobur nomli xalqaro jamoat fondi hamkorligida ishlab chiqilgan. baburid.uz platformasi sinov tariqasida ishlamoqda.
98