Yangi tibbiyot yo‘nalishlari
2024/2025-o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Chirchiq filialida “sport shifokori”, “sport diyetologi”, “sport farmakologi” bilan birga “sport psixologi” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
Qabuldagi o‘zgarish
2024-yildan abituriyentlar uchun "avval test, keyin tanlov" tartibi amal qiladi. Bunda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin to‘plagan balliga qarab OTM yo‘nalishlarini tanlaydi.
Majburiy jismoniy tarbiya
2024-2025-o‘quv yilidan boshlab, tajriba sifatida Surxondaryo viloyatidagi barcha OTMlarning ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejasiga “Jismoniy tarbiya va sport” fani kiritiladi.
Yangicha attestatsiya
2024-yildan o‘qituvchilar yangi tartibda 2 bosqichli attestatsiya topshirishadi.
Sertifikat
Maktab direktorlari lavozimda qolishi uchun menejerlik sertifikati olishlari kerak.
88