Chet tili (turk tili)ni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra: - imtihonning yozma qismi - 2 mart kuni;
- gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari - 3-14 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat(pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-02-27
72