1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 Dunyo tan olayotgan O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz!

17.05.2024
Article image

Ozoda Mo‘minova hozir 17 yoshda. Endigina 11-sinfni tamomlayot o‘quvchi qiz allaqachon faoliyatini IT sohasi bilan bog‘lagan. Xususan, hozirda u “Swift Launch” biznes dasturida loyiha rahbari hisoblanadi.


Ozoda 2022-yilda xalqaro “The New York Academy of Sciences” xakatonida turli davlatlardan yig‘ilgan jamoasi bilan “Idea Creation” yo‘nalishida birinchi o‘rinni olgan. Ilk investitsiyasi — 5000 dollar, Misrdagi global adolat sammiti uchun 100 foiz grant — 7000 dollar sohibasi bo‘lgan.


Ozoda ilk daromadlarini jamoasi bilan birga Hindistondagi laboratoriyada va Massachusetts Institute of Technology (MIT) va dunyo boshqa top-10 dagi xalqaro universitetlari olimlaridan darslar olishga va laboratoriya uchun ba’zi kerakli narsalarni xarid qilishga sarf qilgan. Hozirda u o‘z izlanishlarini Kembrij universiteti olimlari bilan hamkorlik qilmoqda.


Ozoda “Women in Nuclear” (atom energiyasi sohasidagi ayollar) notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi elchisi hisoblanadi.


17 yoshli qiz bir vaqtning o‘zida Google kompaniyasining Google Community’si Google Developers Tashkent jamoasi a’zosi bo‘lib, o‘zi kabi boshqa qizlarning ITga kirib kelishiga yordam bermoqda.


Ozoda bu yil maktabni tamomlaydi. Uning galdagi maqsadi dunyoning top oliygohlaridan biri — Stenfordga o‘qishga kirish.

openEye

214

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar