1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

Dunyo TOP-10 taligiga kiruvchi universitet bilan hamkorlik sari strategik qadam: AIFU’da yuqori darajadagi uchrashuv - AIFU universiteti

29.03.2026
Article image

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida xalqaro akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda professor Truong Nguyen boshchiligidagi University of California, San Diego ning Jacobs School of Engineering vakillari ishtirok etdi. Mazkur oliy ta’lim muassasasi AQShdagi eng nufuzli universitetlardan biri bo‘lib, milliy reytinglarda TOP-5 talikka kiradi hamda jahon miqyosida yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda. Shu jihatdan, ushbu uchrashuv AIFU’ning global akademik makondagi integratsiyasi yo‘lida muhim strategik ahamiyat kasb etadi. Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlikni tizimli rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. Jumladan: — talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi; — qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish; — ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda amalga oshirish; — xalqaro grant va innovatsion dasturlarda hamkorlik. ‼️ Alohida e’tibor muhandislik, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar yo‘nalishlarida tajriba almashuvini kengaytirishga qaratildi. Professor Truong Nguyen — video va tasvirni qayta ishlash, kam resurs talab qiluvchi samarali texnologiyalar yaratish sohasida xalqaro miqyosda tan olingan yetakchi olimlardan biri. Uning ilmiy ishlanmalari ko‘ngilochar texnologiyalar, aqlli kuzatuv tizimlari va yuqori aniqlikdagi hisoblash tizimlarida keng qo‘llanilmoqda. Mazkur uchrashuv AIFU’ning xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, global ilmiy hamjamiyat bilan integratsiyani chuqurlashtirish hamda talabalar uchun xalqaro darajadagi yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi muhim strategik qadam sifatida baholanadi. ☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121

openEye

3

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar