1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

Endi faqat oliy ma'lumotli psixologlar psixologlik qila oladi

09.11.2024
Article image

Yangi qabul qilingan qonunga ko'ra, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarning psixologik salomatligini saqlash, sog‘lom psixologik muhit yaratish va ularning shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida psixologik yordam ko‘rsatish tashkil etiladi.


✅Psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.


❌Shaxsning psixologik yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilganligi fakti, psixologik yordam natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va psixologik yordam ko‘rsatish chog‘ida olingan boshqa ma’lumotlar psixologning kasbiy sirini tashkil etadi hamda shifokor siriga tenglashtiriladi.


📌Shuningdek, psixologik yordamni bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatish yoxud aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.



openEye

175

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar