
Bugun Umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining yangi tartibi bo‘yicha matbuot anjumani bo'lib o'tdi va shu mavzu yuzasidan to'liq ma'lumotlar berildi.
Avval xabar berganimizdek baholash metodi o'zgardi. Endi talabgorlar uchun maksimal ball — 75 ball bo'ladi va undan 65 ball (86 foiz) olganlarga kirish imtihonida maksimal ball beriladi.
🖋 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga — A+ daraja;
🖋 65 - 69,9 ball olgan talabgorga — A daraja;
🖋 60 - 64,9 ball olgan talabgorga — B+ daraja;
🖋 55 - 59,9 ball olgan talabgorga — B daraja;
🖋 50 - 54,9 ball olgan talabgorga — C+ daraja;
🖋 46 - 49,9 ball olgan talabgorga — C daraja.
A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi.
B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.
Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilgani sababli talabgordan belgilangan to‘lovning 90 foizi undiriladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llanadi.
Seritifikatning amal qilish muddati 3 yilni tashkil qiladi.
Test natijalari xalqaro metod – Rash modeli asosida hisoblanadi.
Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha ball belgilangan eng yuqori ball beriladi.
71