1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 Хorijiy til sinovlarining xarajatlari qoplab berilmoqda.

08.02.2024
Article image

2023-yil davomida O‘zbekistonda xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha 70% dan yuqori (7 va undan yuqori) ball olgan 12,3 ming nafar yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari qaytarib berildi. Buning uchun davlat byudjetidan 21,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.


2021-yilda 2 ming 833 nafar, 2022-yilda esa 7 ming 744 nafar yoshlar uchun imtihon xarajatlari qoplab berilgan edi.


2023-yilda imtihon xarajati pulini qaytarib olgan yoshlar:


IELTS — 8 ming 275 nafar;

TOEFL — 30 nafar;

GMAT — 13 nafar;

SAT — 960 nafar

Rus tili — 2 ming 864 nafar;

Koreys tili — 77 nafar.


Bundan tashqari, qo‘shimcha 9 ta test (xorijiy til va imtihon turlari) sinovlarining xarajatlari qoplab berilgan.


Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga olti oygacha muddatli o‘quv kurslar uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha (1 mln 360 ming so’m) miqdorda mablag‘ ajratib beriladi. 2023-yil davomida ushbu loyiha orqali 8072 nafar yoshlarga18,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.


Xalqaro imtihon tizimlari bo'yicha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berishga ariza yuborish tartibi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

openEye

48

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar