1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 Huquqshunoslik fanidan ham MILLIY SERTIFIKAT olish mumkin

24.04.2024
Article image

Bu haqida BBA tomonidan huquqshunoslik fanlaridan ham milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish ustida ish olib borilayotgan bo‘lib, joriy yilning 3-may kuni APROBATSIYA - (lot. approbatio — tasdiqlash, maʼqullash) test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.  

 

Huquqshunoslik fanlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan va huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali aprobatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 

 

Huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari Toshkent (200 nafar), Buxoro (600 nafar), Namangan (600 nafar) va Urganch (600 nafar) shaharlarida tashkil etiladi. 

 

Aprobatsiya sinovlarida ishtirok etish bepul bo‘lib, talabgorlarni ro‘yxatga olish 28-aprelgacha davom etadi.




Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar