1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 IIV Akademiyasida kiberxavfsizlik fakulteti ochiladi

30.01.2025
Article image

🏛2025-yildan boshlab Ichki ishlar vazirligi akademiyasida kiberxavfsizlik fakulteti ish boshlaydi, deya xabar beradi Adliya vazirligi.


🗓️2025-yilning 1-iyuliga qadar yangi fakultetda kiberhuquq, raqamli texnologiyalar, axborot xavfsizligi, aniq fanlar va sud ekspertizasi kafedralari tashkil etiladi.


✅2025/2026 o‘quv yilidan boshlab universitetning “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriat yo‘nalishida to‘rt yillik o‘quv kursiga talabalarni qabul qilish boshlanadi.


🎓Shuningdek, Huquqni muhofaza qilish organlari akademiyasida bir yillik o‘quv kursiga ega “Kiberxavfsizlikning huquqiy ta’minoti” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura dasturlari ochiladi.



openEye

1315

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar